Asosiy mazmunga oʻtish
oriGIn UzbekistanoriGIn Uzbekistan

Tashkilot

“oriGIn Uzbekistan” davlat roʻyxatidan oʻtdi

Geografik koʻrsatkichlarni rivojlantirish boʻyicha nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini boshladi.

Muallif: oriGIn Uzbekistan1 daqiqa oʻqish
“oriGIn Uzbekistan” davlat roʻyxatidan oʻtdi

2026-yil 28-avgust kuni “oriGIn Uzbekistan” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Tashkilot Prezidentning PQ-358-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 375-son qarori asosida ta’sis etilgan. Muassislar — Toshkent davlat yuridik universiteti, Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi.

25-avgust kuni boʻlib oʻtgan muassislar yigʻilishida tashkilot Ustavi va ramzi tasdiqlanib, A.N. Yakubov ijrochi direktor etib tayinlandi. Tashkilotning asosiy vazifasi — mahalliy mahsulotlarni geografik koʻrsatkich sifatida aniqlash, himoya qilish va jahon bozoriga olib chiqishda ishlab chiqaruvchilarga yordam berish.

Ulashish

Oʻxshash yangiliklar