Asosiy mazmunga oʻtish
oriGIn UzbekistanoriGIn Uzbekistan

oriGIn Uzbekistan — Oʻzbekistonning oltin merosi himoyasida

Biz mahalliy mahsulotlarning hududiy oʻziga xosligini huquqiy himoyaga, brendga va daromadga aylantiramiz.

Biz kimmiz

“oriGIn Uzbekistan” — geografik koʻrsatkichlarni rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida muassasa shaklida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti. Tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-358-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-son qarori asosida ta’sis etilgan.

2026-yil 25-avgust kuni boʻlib oʻtgan muassislarning umumiy yigʻilishida tashkilot Ustavi va ramzi tasdiqlanib, A.N. Yakubov ijrochi direktor etib tayinlandi. Tashkilot 2026-yil 28-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Geografik koʻrsatkich nima?

Geografik koʻrsatkich (GK) — mahsulotning muayyan hududdan kelib chiqqanini va uning sifati, obroʻsi yoki boshqa xususiyatlari aynan shu hudud bilan bogʻliqligini bildiruvchi belgi. Formula oddiy: takrorlanmas hududiy oʻziga xoslik + mahalliy hunarmandchilik yoki dehqonchilik = noyob milliy brend. Dunyoda shampan vinosi, parmezan pishlogʻi va Darjiling choyi aynan shu tizim tufayli jahon brendiga aylangan.

  • Xorazm qovuni

    Betakror ta’m va iqlim.

  • Margʻilon atlasi va adrasi

    Asrlar sinovidan oʻtgan toʻquvchilik san’ati.

  • Gʻuzor tandir goʻshti

    Mahalliy oshpazlik siri.

  • Andijon doʻppisi

    Noyob dizayn va milliy gʻurur.

Missiyamiz

Oʻzbekistonning noyob hududiy mahsulotlarini aniqlash, ularni milliy va xalqaro darajada himoya qilish hamda ishlab chiqaruvchilar uchun barqaror daromad manbaiga aylantirish.

Biz kimlar bilan ishlaymiz

Fermerlar va dehqon xoʻjaliklari, hunarmandlar va ustalar, kichik va oʻrta biznes, hududiy uyushmalar, mahalliy hokimliklar, tadqiqotchilar va ta’lim muassasalari.

Nima uchun oriGIn Uzbekistan

  • Kuchli muassislar

    Muassislarimiz — huquq, biznes va hunarmandchilik sohasidagi uchta yetakchi institut.

  • Davlat qarorlari asosida

    Davlat qarorlari asosida tashkil etilganmiz va davlat organlari bilan hamkorlikda ishlaymiz.

  • Xalqaro tajriba

    Faoliyatimiz xalqaro tajribaga — WIPO, FAO va xalqaro “oriGIn” tarmogʻi yondashuvlariga tayanadi.

Shaffof va barqaror tashkilot

Ustavning IV–V boʻlimlari asosida.

  • Oliy organ: Muassislar yigʻilishi

    Yilda kamida bir marta oʻtkaziladi. Strategik yoʻnalishlarni belgilaydi.

  • Boshqaruv: Ijrochi direktor

    Tashkilotning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi. Ijrochi direktor — A.N. Yakubov.

Moliyalashtirish manbalari

  • Muassislar tomonidan ajratilgan mablagʻlar

  • Davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida Adliya vazirligi hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining shartnoma asosida ajratiladigan budjetdan tashqari mablagʻlari

  • Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik va xayriyalari

  • Xalqaro institutlar va xorijiy nohukumat tashkilotlarning moliyaviy mablagʻlari

  • Vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar

  • Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Fotogalereya